Jahon | 14:47 / 11.09.2021
23663
1 daqiqa o‘qiladi

Marshal Do‘stum jahon hamjamiyatini «Tolibon» tuzgan hukumatni tan olmaslikka chaqirdi

Abdul Rashid Do‘stum BMTga ham murojaat qilgan.

Foto: Tolo News

Afg‘onistonlik marshal Abdul Rashid Do‘stum jahon hamjamiyatini «Tolibon» harakati tuzgan hukumatni tan olmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi Interfaks.

«Men jahon hamjamiyati va barcha qo‘shnilarimizni, ayniqsa, shimol va shimoli-g‘arbdagi qo‘shnilarimizni Afg‘onistondagi terrorchi davlat, hukumati global terrorchilardan tashkil topgan davlatni tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman», — deyiladi Do‘stumning Twitter’dagi murojaatida.

U shuningdek, BMTga ham murojaat qilgan.

«Men BMTdan jim turmasligini so‘rayman. Agar Panjsherga gumanitar yordam yetib bormasa, falokat yuz beradi», — degan Do‘stum.

Do‘stum «qora ro‘yxatdagi terrorchilar»dan Panjsherdagi etnik tozalov va qatliomni to‘xtatish, vodiy darvozalarini ochish va ommaviy axborot vositalariga vaziyatni yoritish uchun imkon berishni talab qilgan.

Mavzuga oid