Hukumat oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qaror qabul qildi
“Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasida Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi.
Elektron portalda:
- ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash darajasi doimiy baholanadi;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilib, elektron savdolar tashkil etiladi.
Elektron portal 2021 yil 1 oktyabrdan 1 dekabrgacha “test rejimi”da ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan to‘liq ishga tushiriladi.
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy qilinadi.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024
Prezident suv ta’minoti og‘ir tumanlarda sug‘orishni «aqlli tizimga» o‘tkazishni buyurdi
20:28 / 01.11.2024