Surxondaryoda MIB xodimlarini urib tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida qidiruvda bo‘lgan kombaynni berishni istamagan fuqaro MIB xodimlarini urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 sentabr kuni MIB Muzrabot tumani bo‘limi davlat ijrochilari B.Qurbonmurodov, F.Safarov va boshqalar bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan bank foydasiga tumanning Yangidiyor mahallasida yashovchi J.G‘.dan 24 million 218 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish maqsadida yashash xonadoniga borgan. Qarzdorni ijro hujjati bilan tanishtirib belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lab qo‘yish tushuntirilib, ortga qaytayotganda shu atrofda turgan «Muzrabot agro-servis 2017» MTPga tegishli bo‘lgan SASE 2366 rusumli kombayn turganligini ko‘rib qolishgan.
Qayd etilishicha, ushbu kombayn «Muzrabot agro-servis 2017» MTPning 3 milliard 450 million so‘m soliq qarzdorligi uchun xatlangan va uzoq muddatdan buyon qidiruvda bo‘lgan. Davlat ijrochilari kombaynga aniqlik kiritish maqsadida uning yoniga borib, Yangidiyor mahallasi Namunali ko‘chasida yashovchi fuqaro M.T.dan ushbu kombayn kimga tegishli ekani haqida so‘raganda u kombayn o‘ziga tegishli ekanini va fermer xo‘jaligidan sotib olganini aytgan.
Xodimlar davlat raqami 75 VA 510 bo‘lgan kombayn qidiruvda bo‘lganini aytishganda u ushbu texnika MTPga tegishli emasligini vaj qilib, davlat ijrochilari xizmat vazifasiga faol qarshilik ko‘rsatgan. So‘ng davlat ijrochisi B. Qurbonmurodovning yuz qismining chap burun soxasiga urib unga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng voqea joyiga tuman prokuraturasi xodimlari zudlik bilan kelib, holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:37
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
23:19 / 10.10.2024