Navoiyda 665 743 nafar saylovchi ro‘yxati shakllantirilgan
Navoiy viloyatida uchastka saylov komissiyasi a'zolari uyma-uy kirib-chiqishi amalga oshirilyapti. Natijalar bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kundalik tuzatishlar kiritilmoqda. Dastlabki aniqliklar bo‘yicha viloyatda 665 743 nafar saylovchi ro‘yxati shakllantirilgan. Bu haqda 5-Navoiy okrug saylov komissiyasining navbatdagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, viloyatdagi 411 ta uchastka saylov komissiyasining 275 tasi umumta'lim maktablarida, 46 tasi MFY, 24 tasi kollej, texnikum va kasb-hunar maktabi, 11 tasi tibbiyot markazlari, 8 tasi harbiy qismlar, 7 tasi madaniyat va sport markazlari, 3 tadan oliy o‘quv yurtlari hamda ozodlikdan mahrum qilish joylari, 2 tasi dam olish maskani va 30 tasi boshqa binolarda joylashtirilgan.
Shuningdek, saylov uchastkalarining barchasi zarur vositalar bilan ta'minlanib, 822 dona kompyuter jamlanmasi ajratilgan. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan barcha tasviriy vosita va roliklar viloyatdagi 159 ta, jumladan 27 ta LED ekranda namoyish etilmoqda.
Oldinroq Navoiyda prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokida brifinglar tashkil etilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:11 / 30.09.2021
Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ishtirok etishi mumkin?
18:06 / 29.09.2021
Bahrom Abduhalimov administratsiya va hukumat binolarini Toshkentdan tashqariga chiqarishni taklif qildi
13:37 / 18.09.2021
«O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini bir necha kun davomida o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q» - MSK raisi o‘rinbosari
12:15 / 20.08.2021