Jamiyat | 14:07 / 06.10.2021
1322
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 176 million so‘mlik telefon apparatlarining pulini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol Sherobod tumanida yashovchi shaxsdan 176 million so‘mlik telefon apparatlari olib, pulini bermagan. Oqibatda ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 sentabr kuni Sherobod tumanida yashovchi K.Odil Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib joriy yil may oyida Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi S.Ma'rifat 176 million so‘mlik telefon apparatlarini olib, pulini bermasdan kelayotganini ma'lum qilgan.

Dastlabki surishtiruvlarda, S.Ma'rifat Termiz shahridagi savdo majmuasi oldida K.Odildan 56 ta turli rusumdagi jami 176 million so‘mlik uyali telefon apparatini, 4 oy davomida har oyda 44 million so‘mdan berib borishni aytib olgani va o‘zlashtirib ketgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 26 sentabr kuni Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.Ma'rifatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid