O‘zbekiston | 17:55 / 14.10.2021
3672
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda mast holda tegishli hujjatlarsiz mashina boshqarib ketayotgan ayolga chora ko‘rildi

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Termiz shahrida spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda tegishli hujjatlarsiz mashina boshqarib ketayotgan ayolga chora ko‘rilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 oktyabr tunda soat 00:50 larda shubhali harakatlar qilgan Spark mashinasi Termiz shahri Taraqqiyot ko‘chasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlarining e'tiborini tortgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Shundan so‘ng Spark to‘xtatilib uning haydovchisi bo‘lgan ayoldan tegishli hujjatlar so‘ralganda u taqdim eta olmagan. Bundan tashqari, ayoldan spirtli ichimlik hidi kelib turgan. Shu sababli inspektorlar tomonidan ayol tibbiy narkologik tekshiruvdan o‘tishga taklif etilgan.

Qayd etilishicha, narkolog vrach va alkotester apparati xulosasiga ko‘ra haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan X.F. mast holatda ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari, uning boshqaruvida bo‘lgan Spark mashinasi boshqa shaxsga tegishli bo‘lib, ayolda uni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Ta'kidlanishicha, YPX xodimlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma tuzilgan. Mashina esa vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

Surxondaryoda mast holda mashina boshqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rildi

Surxondaryoda tez tibbiy yordam mashinasini mast holda boshqarib ketayotgan haydovchi aniqlandi

 

Mavzuga oid