Erondagi viloyatlardan birining gubernatoriga inauguratsiyasi vaqtida tarsaki tushirildi
Eron viloyatlaridan birining gubernatori Obiddin Xurram o‘z inauguratsiyasi vaqtida noma'lum erkak tomonidan tarsaki yedi. Ushbu voqea videosini The Guardian nashri e'lon qilgan.
Xurram sahnadagi minbardan turib so‘zlayotganda, uning yoniga bir erkak ko‘tarilib, yuziga tarsaki tushirib qolgan. Vaziyatga qo‘riqchilar aralashib, erkakni olib ketishgan.
Ta'kidlanishicha, voqeadan keyin gubernator minbar yoniga qaytib, o‘z nutqini davom ettirgan. U hujum qilgan erkakni tanimasligini va uni kechirishini aytgan.
Bu orada The Guardian’ning IRNA axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, siyosatchiga tarsaki tushirgan erkak Xurram rahbarlik qilgan “Ashuro” gvardiya korpusi a'zosi bo‘lgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, erkak siyosatchiga “shaxsiy sabablarga” ko‘ra tarsaki tushirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xurram gubernator lavozimini egallashidan oldin Islom inqilobi muhofizlari korpusining Sharqiy Ozarboyjon viloyatidagi kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024