Prezident: Kasallikni qisqartirish bilan kambag‘allikni qisqartirish bevosita bog‘liq
Tibbiyot sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektorda bugungi kunda tibbiyot tizimining 90 foizidan ortig‘i davlatga tegishli ekani, lekin sohada yangilik va tashabbuslar yo‘qligi ma'lum qilindi.
“Kasallikni qisqartirish bilan kambag‘allikni qisqartirish bevosita bog‘liq. Sog‘lom odam kelajakka qarab harakat qiladi.
14 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari va oilaviy shifokorlarni yurak kasalliklarini barvaqt aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitish zarur. Kelgusi yil yakunigacha barcha oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda hamshira ko‘rik xonasi tashkil qilinsin. Kelgusi yil davomida malaka oshirish markazlarida 15 ming nafar hamshiralar maxsus onlayn kurslarda o‘qitilishi tashkil etilsin.
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish bo‘yicha sog‘lom turmush muhitini yaratish, bu borada ogohlikka chaqiruvchi roliklar, banner, bukletlarni har bir xonadon, mahalla va tashkilotga yetkazib borish zarur.
Ikkinchidan, kelgusi yil 1 iyulga qadar tuman, viloyat va respublika darajasida davolanadigan kasalliklar ro‘yxati tuzilib, shu asosda rejali davolash ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, tuman shifoxonalariga 4 turdagi kardiologiya uskunalari o‘rnatilib (EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator), ko‘rsatiladigan xizmatlar 5tadan 15taga oshiriladi. Shu orqali har bir bemor kardiologiya xizmatlaridan 3 million so‘m iqtisod qiladi.
Buning uchun qo‘shimcha 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi va kelgusi yil 1 iyulga qadar mutaxassisi mavjud tumanlar 4 turdagi zamonaviy kardiologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Kardiologiya markazining viloyat filiallarida ko‘rsatiladigan xizmatlar 15tadan 35tagacha yetkaziladi”, degan davlat rahbari.
Kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialiga Orolbo‘yi mintaqaviy markaz maqomi berilib, uni jihozlashga 20 milliard so‘m ajratilgani hisobiga, respublika darajasida amalga oshiriladigan barcha amaliyotlar viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi.
“Kardiologiya markazi viloyat hokimlari bilan birga, kelgusi yil 1 iyulga qadar, ushbu amaliyotni Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda, kelgusi yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘ysin.
Kelgusi yil 1 iyunga qadar Kardiologiya markazi viloyat filiallarini zamonaviy angiograf bilan ta'minlansin. Kelgusi yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida barpo etilayotgan Tibbiyot klasterida Kardiologiya markazini tashkil qilinsin”, – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 12.08.2024