O‘zbekiston | 15:15 / 14.11.2021
52546
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta boshida havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazi yangi hafta boshida O‘zbekistonda harorat keskin sovib, qor yog‘ishidan ogohlantirdi.

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet»ning 15 noyabr kuni uchun prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

  • Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab, biroz yomg‘ir yog‘adi kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
  • Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
  • Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi esa 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

«O‘zgidromet» hafta boshida havo keskin sovib, qor yog‘ishidan ogohlantirdi.

Ma'lum qilinishicha, 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16–17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba'zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17–18 noyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16–17 noyabrda shimolda, 17–18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 0-3 darajagacha iliq, shimolda kechalari 12-15 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 0-3 darajagacha havo harorati pasayadi.

Mavzuga oid