O‘zbekiston | 19:57 / 18.11.2021
17575
3 daqiqa o‘qiladi

Talabalar kontingenti: qaysi oliygohlarda qizlar ko‘proq, qay birida yigitlar?

Eng ko‘p va eng kam talabalar o‘qiydigan oliygohlar qaysi? Qaysi OTMda yigitlarga nisbatan qizlar soni ko‘p yoki aksincha? Umuman, O‘zbekiston talabalarning asosiy qismini yigitlar tashkil etishadimi yoki qizlar?

Foto: Repost.uz

Kun.uz yoshlari O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilingan Oliy ta'lim muassasalaridagi talabalar kontingentiga asoslanib, yuqoridagi savollarga javob topdi. Unga ko‘ra:

O‘zbekistondagi eng ko‘p talabalar qamroviga ega universitetlar quyidagilar:

1. Buxoro davlat universiteti — 20097 nafar talaba.

2. Samarqand davlat universiteti — 19324 nafar talaba.

3. Termiz davlat universiteti — 18566 nafar talaba.

4. Urganch davlat universiteti — 18185 nafar talaba.

5. Farg‘ona davlat universiteti — 16 558 nafar talaba.

O‘zbekistondagi eng kam talabalar qamroviga ega oliygohlar quyidagilar:

1. Geologiya fanlari universiteti — 150 nafar talaba.

2. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali — 192 nafar talaba.

3. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti — 439 nafar talaba.

4. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali — 480 nafar talaba.

5. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali — 501 nafar talaba.

O‘zbekistondagi qaysi oliygohlarda ko‘proq yigitlar o‘qishadi?

1. Toshkent davlat transport universiteti — 92 foizi yigitlar, 8 foizi qizlar.

2. Toshkent davlat texnika universiteti — 89 foizi yigitlar, 11 foizi qizlar.

3. Toshkent axborot texnologiyalar universiteti — 86 foizi yigitlar, 14 foizi qizlar.

4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti — 84 foizi yigitlar, 16 foizi qizlar.

5. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — 83 foizi yigitlar, 17 foizi qizlar.

6. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — 78 foizi yigitlar, 22 foizi qizlar.

O‘zbekistondagi qaysi oliygohlarda ko‘proq qizlar o‘qishadi?

1. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 84 foizi qizlar, 16 foizi yigitlar.

2. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi — 82 foizi qizlar, 18 foizi yigitlar.

3. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 80 foizi qizlar, 20 foizi yigitlar.

4. Toshkent davlat pedagogika universiteti — 78 foizi qizlar, 22 foizi yigitlar.

5. Samarqand davlat chet tillar instituti — 72 foizi qizlar, 28 foizi yigitlar.

Qaysi oliy o‘quv yurtlarida qizlar va yigitlar soni deyarli bir xil:

1. O‘zbekiston milliy universiteti — 50, 7 foizi qizlar, 49,3 foizi yigitlar

2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti — 50 foizi qizlar, 50 foizi yigitlar.

3. Toshkent tibbiyot akademiyasi — 50, 8 foiz qizlar, 49, 2 foizi yigitlar.

Umuman, O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida yigit va qizlarning soni:

Talaba-yigitlar: 274652 (55 foiz);

Talaba-qizlar: 233213 (45 foiz).

P.S: Yuqoridagi ma'lumotlarni tayyorlashda faqat bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar soni hisobga olindi. Shuningdek, bu ro‘yxatga 2021/2022 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar kiritilmagan.

Javohirbek Tursunov tayyorladi.

Mavzuga oid