Jamiyat | 20:21 / 23.11.2021
1771
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida giyohvandlik vositasi olib ketayotgan haydovchi aniqlandi

Toshkent viloyati hududida o‘tkazilgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbiri doirasida giyohvandlik vositasi olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

Foto: IIBB axborot xizmati

2021 yil 19 noyabr kuni Toshkent viloyati hududida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari xizmat olib borayotgan vaqtda, YPX xodimlarini ko‘rib ortga qayrilib olgan «Spark» haydovchisi shubha uyg‘otgan va haydovchining ortidan kuzatib borishgan.

Planshet moslamasi yordamidagi tekshiruv davomida mazkur avtomobil bilan bog‘liq bo‘lgan 6 million so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjudligi aniqlangan. Xodimlar maxsus vositalar orqali haydovchidan avtomobilni to‘xtatishini so‘rashgan.

Haydovchi to‘xtaganidan so‘ng xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida, haydovchi, 1965 yilda tug‘ilgan T.N. boshqaruvidagi avtomobilning salon qismidan 5 dona gugurt qutisiga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Shundan so‘ng, haydovchi va topilgan modda Qibray tumani IIBga topshirilgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan sudga oid ekspertiza natijasiga ko‘ra, topilgan modda og‘irligi 125 grammga tengligi, ushbu modda marixuana giyohvandlik moddasi ekani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid