Yangi elektr hisoblagichlar tokni 2 barobargacha ko‘p hisoblayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
Elektr hisoblagichlar tokni ko‘p yozayotgani to‘g‘risidagi video bundan 2 yil avval tarqatilgani va uni tayyorlab tarqatgan shaxs o‘sha vaqtning o‘zidayoq asossiz ma'lumotlari uchun tegishli tartibda jazoga tortilgani ma'lum qilindi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijtimoiy tarmoqlarda yangi elektr hisoblagichlar tokni 2 barobargacha ko‘p hisoblashi kuzatilayotgani haqida tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur video bundan 2 yil avval tarqatilgan va uni tayyorlab tarqatgan shaxs o‘sha vaqtning o‘zidayoq asossiz ma'lumotlari uchun tegishli tartibda jazoga tortilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari tomonidan ushbu videoda keltirilgan vajlar asossiz ekanligini isbotlovchi videomaterial tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali elektr energiyasi iste'molchilariga bu borada tushuntirishlar berib o‘tilgan.
Qo‘shimcha sifatida qayd etish joizki, zamonaviy hisoblagichlar ishlab chiqarish jarayoni inson omili ta'sirisiz, alohida bir nechta bosqichli ko‘riklardan o‘tkazilgan holda olib boriladi. Ya'ni davlat metrologik ko‘rsatkichlari talabiga javob bermasa, yaroqsiz deb topiladi va foydalanishga chiqarilmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi jamiyat izohida.
Shuningdek, jurnalist va blogerlarga ham elektr energiyasi ta'minotiga oid savol yoki mulohazalar bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati ko‘mak berishga tayyorligi bildirilgan.
Mavzuga oid
19:25 / 17.09.2021
“Aqlli” hisoblagichlar 10 yilda bir marta bepul ko‘rikdan o‘tkaziladi
12:04 / 17.07.2021
«Aqlli» hisoblagichlar «aqlsiz» baza bilan kelishmaganda: vodiyda oldindan to‘lov qilgan iste'molchilarning gazi o‘chib qolyapti
12:18 / 05.09.2019
Buxoro «aqlli» hisoblagichlar bilan qamrab olinmoqda: bu texnologiyalar innovatsion yechimmi?
20:43 / 30.03.2019