Jamiyat | 12:01 / 11.12.2021
19387
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Raqamli ANORBANK yangi mobil ilovasini taqdim etdi

Yangi ilovada UzCard va HUMO kartalariga bir oyda 5 mln so‘mgacha FOIZSIZ pul o‘tkazish mumkin.

Foto: Anorbank

Bugungi kunda har birimiz kundalik yumushlarga imkon qadar kamroq vaqt sarflashga intilamiz. Bunda pul bilan bog‘liq masalalarni yechishga bank ilovalari bizga yordam beradi. Biroq, hatto eng funksional ilovalar ham foydalanuvchining barcha ehtiyojlarini doimo qondira olmaydi.

ANORBANK o‘z oldiga foydalanuvchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondira oladigan ilova yaratish kabi ulkan vazifani qo‘ydi. Bank marketologlari iste'molchilarning xohish-istaklarini uzoq muddat davomida o‘rganish natijasida, mahsulotni to‘liq qayta ko‘rib chiqqan holda, mijozlarning asosiy istak va ehtiyojlarini aniqlab oldilar. Ilovaga mutlaqo yangi funksiyalar va imkoniyatlar qo‘shildi. Yangi mahsulotning o‘ziga xosligi aynan shundadir.

Hatto tajribasiz smartfon foydalanuvchilari uchun ham ilovani tushunish qiyin bo‘lmaydi. Dastur interfeysini iloji boricha qulay va tushunarli qilish asosiy maqsad qilib olingan. 

Ilova internet mavjud bo‘lgan dunyoning istalgan nuqtasidan turib, mijozlarga o‘z mablag‘larini boshqarishni taklif qiladi. Smartfon orqali kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet uchun to‘lovlarni amalga oshirish, muddatli to‘lov kartasini ochish, valuta konvertatsiyasini amalga oshirish, to‘lovlar tarixini ko‘rib borish va boshqa ko‘p amaliyotlarni bajarish mumkin.

Foto: Anorbank

Yangi ilovada uzoq kutilgan – pulni bir kartadan boshqa kartaga komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati qo‘shildi. Bu mablag‘ni sezilarli darajada tejash va ortiqcha to‘lamaslik imkonini taqdim etadi. Endi ANORBANK ilovasida UzCard, HUMO kartalariga bir oyda 5 mln so‘mgacha pullarni 0% dan yuborish mumkin.

Yana bir qulayliklardan biri bu ANORBANK mobil ilovasida Rossiya banklarining istalgan kartalaridan O‘zbekistonning istalgan bank kartalariga xalqaro pul o‘tkazmalarni amalga oshirish xizmati.

Ya'ni, har qanday Rossiya bankining VISA, MasterCard va MIR to‘lov tizimlarining kartalaridan O‘zbekistonga pul yuborish mumkin. O‘tkazma ANORBANK mobil ilovasiga Rossiya bank kartalarini qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Mablag‘lar avtomatik konvertatsiya qilinib, O‘zbekistonning UzCard va HUMO kartalariga o‘tkaziladi.

Foto: Anorbank

Transchegaraviy o‘tkazmalarining afzalliklariga:

  • Xavfsiz. Pul o‘tkazish operatsiyalari faqat 3D-Secure texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan kartalarda mavjud;
  • Tezkor. Pul o‘tkazmasi onlayn tarzda amalga oshiriladi, shuning uchun pul oluvchiga darhol yetib boradi;
  • Zamonaviy. Uyingizdan chiqmasdan pul yuborishingiz va qabul qilishingiz mumkin;
  • Foydali. O‘tkazma komissiyasi boshqalardan ancha past;
  • Qulay. Pul o‘tkazmasini ham rublda ham so‘mda amalga oshirishingiz mumkin.
Foto: Anorbank

Bankning barcha imkoniyatlarini baholash uchun esa, bepul TRIA kartasini to‘g‘ridan to‘g‘ri ilova orqali ochish mumkin, ushbu karta qisqa vaqtda mutlaqo bepul ochiladi va bepul yetkazib beriladi. Buyurtmalar 24/7 tarzda qabul qilinadi.

TRIA kartasi yordamida siz:

  • Bank hamkorlarida keshbeklarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Yangi ANORBANK ilovasi – eng muhim moliyaviy amaliyotlarni o‘z zimmasiga oluvchi ishonchli yordamchingiz. Endi hech qanday navbatlar va uzoq kutishlarsiz. Ilovaning yangi noyob imkoniyatlarini o‘zlashtirib oling va ANORBANK bilan vaqtingiz hamda mablag‘ingizni tejang!

ANORBANK bilan erkin yashang!

Ilovani quyida havolalar orqali ko‘chirib oling:

Android qurilmalar uchun: Google Play'dagi Anorbank ilovasi

Apple qurilmalari uchun: App Store'dagi Anorbank ilovasi

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid