O‘zbekiston | 13:22 / 13.12.2021
62377
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi yilda barcha xodimlarga 5 kun dam olish berilishi mumkin

Prezident farmoni loyihasida ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlarga 2022 yil 3 va 4 yanvar kunlarini dam olish kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.

Mehnat huquqi telegram kanalining xabar berishicha, “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2022 yil 3 yanvar — dushanba, 4 yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Farmon qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.

Xususan:

2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021 yil 10 maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;

2022 yil 1 yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);

2022 yil 2 yanvar — yakshanba dam olish kuni;

2022 yil 3 yanvar (dushanba) va 4 yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.

Mavzuga oid