O‘zbekiston | 19:36 / 20.12.2021
155717
2 daqiqa o‘qiladi
2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
O‘zbekistonliklar yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
- barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentabr - juma;
- olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentabr - shanba va 31 dekabr - shanba.
Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirildi:
- 8 yanvar - shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;
- 7 may - shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;
- 14 may - shanba kunidan 5 may - payshanba kuniga;
- 16 iyul - shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.
Shu tariqa, o‘zbekistonliklar yangi yilda ketma-ket besh kun dam olishi rasman tasdiqlandi.
- 31 dekabr – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1 yanvar – Yangi yil munosabati bilan dam olish kuni;
- 2 yanvar – yakshanba;
- 3 yanvar – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 4 yanvar olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 8 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Mavzuga oid
17:46 / 05.12.2023
Konstitutsiya bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
16:09 / 30.08.2022
SSV: Mustaqillik bayrami va qo‘shimcha dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi
13:22 / 13.12.2021
Yangi yilda barcha xodimlarga 5 kun dam olish berilishi mumkin
10:17 / 22.12.2020