Jahon | 20:29 / 14.12.2021
10615
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko Kiyevda “Rossiya armiyasi hujumi” ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi

Avvalroq Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Kiyevdagi boshqarmasi maxsus komissiya poytaxt fuqaro mudofaasi inshootlari holatini tekshirganini ma’lum qilgandi.

Foto: facebook.com/merkieva

Kiyev “Rossiya armiyasi hujumi” ehtimoli bois “favqulodda vaziyat”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.

“Rossiya armiyasining Ukrainaga hujumining turli ssenariylari mavjud va biz bularning barchasiga tayyor turishimiz lozim. Kiyevda ehtimoliy favqulodda vaziyatga tayyorlanmoqdamiz va men mer sifatida fuqaro mudofaasini tashkil etmoqdaman”, — dedi u Bild nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Kiyevdagi boshqarmasi maxsus komissiya poytaxt fuqaro mudofaasi inshootlari holatini tekshirganini ma’lum qilgandi. Xususan, Kiyevning uchta rayonidagi bombapanalar tekshiruvdan o‘tkazilgan.

So‘nggi vaqtlarda G‘arb mamlakatlari va Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ehtimoli to‘g‘risida tez-tez gapirilmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday bayonotlarni asossiz deb atagan.

Mavzuga oid