O‘zbekiston | 10:50 / 17.12.2021
8666
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Shavkat Mirziyoyev koreyalik vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Seuldagi milliy qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, marhumlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.

Bu yerda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok bo‘lgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida e’zozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi va esdalik bitigi qoldirdi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.

Davlat rahbari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Mavzuga oid