UzAuto Motors 4ta modelni sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi
UzAuto Motors kompaniyasi 2022 yil 1 fevralga qadar “Neksiya”, “Spark”, “Kobalt”, “Lasetti” avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan.
“Hammamizga ma’lumki, logistika muammolari portlar va temir yo‘llarda (konteynerlar 6 oygacha kechikadi), shuningdek, butun bo‘ylab yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berishda uzilishlar dunyo global avtomobil sanoatida uzoq davom etgan inqirozga olib keldi.
Afsuski, bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emas. Kecha-yu kunduz ishlab chiqarishga qaramay, dilerlarning barcha sa’y-harakatlari va Kompaniya xodimlarining fidokorona mehnatiga qaramay, avtosalonlarda navbatlar tobora ortib bormoqda”, deyiladi bayonotda.
Bildirishicha, kompaniya oktyabr, noyabr va dekabr oylarida shartnoma majburiyatlarini sifat jihatidan yo‘qotmasdan bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.
“Ammo har safar kompaniya vaziyatni amalda yengib, avval yetkazib berilmagan avtomobillarni ishlab chiqara oldi va deyarli normal ish ritmiga qaytdi, navbatdagi nosozliklar barchamizni orqaga qaytardi.
Bunday sharoitda kompaniyaning boshqa bir yo‘li mavjud emas, bir qator boshqa global avtomobil ishlab chiqaruvchilardan o‘rnak olishga, vaqtincha, 20.12.2021 dan 01.02.22 gacha muddatiga “Neksiya”, “Spark”, “Kobalt”, “Lasetti” avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatib, barcha kuch-g‘ayratimizni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratish”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, aynan shu maqsadda zavod belgilangan muddatda ishlaydi.
“Bu qarorni qabul qilish biz uchun oson bo‘lmadi, ammo hozirgi sharoitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Vaqtinchalik yangi avtomobilga buyurtma bera olmagan potensial xaridorlarimizdan chin dildan uzr so‘raymiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Avvalroq, UzAuto Motors Captiva sotib olmoqchi bo‘lganlarga pullarni qaytarishni boshlagandi.
Mavzuga oid
18:27 / 31.10.2024
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
15:54 / 24.10.2024