O‘zbekiston | 13:46 / 22.12.2021
16418
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi

Bugun, 22 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, dastlab davlat rahbari katta salohiyatga ega “Yoshlik I” konida va misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.

“Yoshlik I” koni geologiya sohasida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda eng istiqbolli loyihalardan biri hisoblanadi. Dastlab mis koni maqomida bo‘lgan kon tekshiruvlar natijasida oltin-mis koni deya nomlangan. 

Senator, NKMK rahbari Quvondiq Sanaqulovning ma’lum qilishicha, oltin narxining yuqoriligi, kondagi eng serdaromad qazilma shu element bo‘lganligi uchun ham xalqaro standartlarga muvofiq kon maqomi o‘zgargan.

Mazkur konning I bosqichi 2021-2025 yillarda ishga tushirilib, unda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush qazib olish mo‘ljallangan.

II bosqichi esa 2024-2028 yillarda ishga tushirilib, 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid