Surxondaryoda Spark mashinasini sotishini aytib fuqaroning 3 300 dollarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyatida Spark mashinasini sotishini aytib fuqaroning 3300 dollarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 28 noyabr kuni Termiz tumani Ayritom mahallasida yashovchi D.Bahriddin tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, unga tanishi Muzrabot tumani Yurtim Jamoli mahallasida yashovchi K.Javohir 2021 yil oktyabrda o‘z boshqaruvidagi MChJga tegishli bo‘lgan Spark mashinasini lizing asosida olganini aytgan.
So‘ng K.Javohir lizingga yana 18 million so‘m to‘lashi lozimligi uchun mashinani 90 million so‘mga sotishini va nomiga rasmiylashtirib berishini aytib D.Bahriddindan 3 300 AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 13 dekabr kuni K.Javohirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024