Investitsiyalarni o‘zlashtirish uchun qaysi davlatlardan qancha qarz olingani ma’lum qilindi
11 oyda investitsiyalarni o‘zlashtirish uchun jalb qilingan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari 1 mlrd 910 mln dollarni tashkil qilgan.
Joriy yilning 11 oyida investitsiyalarni o‘zlashtirish uchun xorijdan 1 mlrd 910 mln dollar jalb qilingan.
Bu haqda 25 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar–noyabrda 9 mlrd 229 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Bundan:
- to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 7 mlrd 318 mln dollar (prognozga nisbatan 115 foiz);
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari 1 mlrd 910 mln dollarni tashkil qildi.
Qaysi davlatlar va xorijiy moliya institutlaridan mablag‘lar jalb qilingan?
Inomjon Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larining asosiy qismi:
- Osiyo taraqqiyot banki (jami hajmga nisbatan 25 foiz yoki 471 mln dollar);
- Jahon banki (20 foiz yoki 382 mln dollar);
- Xitoy (16 foiz yoki 300 mln dollar);
- Islom taraqqiyot banki (5,2 foiz yoki 99 mln dollar)
- Yaponiya (3,9 foiz yoki 75 mln dollar) davlatlarining moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ushbu mablag‘lar nimaga sarflangan?
Xalqaro moliya tashkilotlari va davlatlarning mablag‘lari:
- Transport (24 foiz yoki 466 mln dollar);
- Energetika (21 foiz yoki 404 mln dollar);
- Qishloq va suv xo‘jaligi (17 foiz yoki 328 mln dollar);
- Sog‘liqni saqlash (7,5 foiz yoki 143 mln dollar);
- Kommunal xo‘jalik (7,2 foiz yoki 138 mln dollar);
- Qishloq joylarida uy-joy qurilishi (6,3 foiz yoki 121 mln dollar) sohalariga yo‘naltirildi.
Avvalroq 2022 yil uchun jalb qilinadigan tashqi va ichki qarz limiti 4,5 mlrd dollar etib belgilangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
18:33 / 18.11.2024
2025 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 45 mlrd dollardan oshadi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024