Sport | 14:18 / 25.12.2021
32332
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov rahbarlik lavozimiga saylandi

Toshkentda o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Tribuna.uz

Marosimdan avval O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi o‘tkazildi. O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov va boshqa delegatlar ishtirok etgan ushbu kongressda O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov bir ovozdan O‘FA vitse-prezidenti lavozimi hamda O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga saylandi.

Shuningdek, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga quyidagilar tasdiqlandi:

  • O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shaabduraxmonov Rustam Mavzurovich,
  • O‘zbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Karimov Avaz Qudratullayyevich,
  • «O‘zbekneftgaz» Aksioner Jamiyati Boshqaruv raisi Abdullayev Mehriddin Razzoqovich
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kamilov Kozimjon Fozilovich,
  • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Xodjayev Alisher Jo‘rakulovich.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigacha bosh jamoa safida to‘p surib, O‘zbekiston JCh-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmaganidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 18 dekabr kuni esa futbolchining faoliyatiga bag‘ishlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning shonli yo‘li» kitobi taqdimot marosimida futbolchilik faoliyatini tugatganini rasman e’lon qilgandi.

Mavzuga oid