Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika hukumatiga «Janao‘zandagi vaziyatni zudlik bilan ko‘rib chiqish» bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.
Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida suyultirilgan gaz narxi keskin ko‘tarilishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Tengrinews.
Xabarga ko‘ra, 2 yanvar kuni Janao‘zan shahri aholisi miting o‘tkazgan. Avtomobilchilar bir litr gaz narxi 120 tengega ko‘tarilganidan norozilik bildirgan va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirishni talab qilgan.
3 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika hukumatiga «Janao‘zandagi vaziyatni zudlik bilan ko‘rib chiqish» bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, vazirlar mahkamasi Mang‘istau oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilganini e’lon qildi va gaz narxini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini bildirdi.
Mang‘istau oblastidagi noroziliklar fonida respublikaning yirik shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aytilmoqda.
«Interfaks»ning yozishicha, xususan, Olmaotada markaziy maydon politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024