O‘zbekiston | 13:25 / 17.01.2022
2158
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda fuqaro mast holda qaynotasining mashinasini olib qochdi

Foto: Tergov departamenti

G‘ijduvon tumanida 31 yoshli kuyov 9 yanvar kuni mast holda qaynotasiga tegishli Nexia mashinasini olib qochgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tumanning Biyosin mahallasida yashovchi 51 yoshli I.H. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 9 yanvar kuni soat taxminan 17:00 larda uyiga kuyovi A.I. mast holda kelib, uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan holda darvozaxonada turgan Nexia mashinasini olib qochganligini aytgan. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida A.I. olib qochilgan mashinani Buxoro shahri hududida biror-bir hujjatsiz, spirtli ichimliklar ta’sirida boshqarib yurganligi aniqlangan. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid