O‘zbekiston | 14:46 / 19.01.2022
60827
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikistondagi aviatexnikalar toliblarga qaytarilmaydi – Pentagon

O‘zbekiston va Tojikistondagi aviatexnikalar toliblarga qaytarilmaydi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Foto: usembassy

«Biz hozircha ushbu vertolyotlarni joylashtirish masalasini ishlab chiqyapmiz. Menda ular [vertolyotlar] bo‘yicha qanday yo‘l tutilishiga oid yangilangan ma’lumot yo‘q. Lekin, ishonch bilan ayta olamanki, ular Afg‘onistonga toliblar foydalanishi uchun qaytarilmaydi», - dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kibri.

Kibri ushbu masala Mudofaa vazirligi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida ekanini aytgan.

«Hozirgi vaqtda AQSh toliblarni Afg‘onistonning rasmiy hukumati deya tan olmagan va bu Mudofaa vazirligining vakolatlariga kirmaydi», deya qo‘shimcha qildi u.

Kibri Mudofaa vazirligi missiyasi AQShni himoya qilish, jumladan Afg‘onistondan kelishi mumkin bo‘lgan har qanday terroristik xavflardan himoya qilishdan iborat ekanini bildirdi.

«Biz u yerda nimalar bo‘layotganini kuzatib boramiz. Bizda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha jiddiy va o‘ta mas’uliyatli vazifa bor. Biz Afg‘oniston yana vatanimizga [AQShga] hujum qilish uchun boshpana bo‘lmasligini kuzatishda davom etamiz», deydi Pentagon vakili.

2021 yil avgust oyida AQSh Afg‘onistonni tark etgach, ko‘plab harbiy uchuvchilar o‘z oilalarini olib harbiy texnikalarda qo‘shni O‘zbekiston va Tojikistonga chiqib ketishgan edi. Ayni vaqtga kelib toliblar ushbu harbiy aviatsiyalarni qaytarmoqchi.

Mavzuga oid