O‘zbekiston | 20:17 / 22.01.2022
31379
2 daqiqa o‘qiladi

Jamoat joyida ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda yangi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi ishlab chiqildi. Unda fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi bo‘yicha belgilangan jazo olib tashlanmoqda.

Foto: Getty Images

“Va nihoyat yana bir mantiqsiz va ko‘pchilikka noqulaylik keltirgan jazo yo‘qolayapti”, – deya ma’lum qildi deputat Rasul Kusherbayev.

2021 yil iyul oyida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilingan edi. Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymasligi haqida eski qonunda belgilangan modda yangi qonunga kiritilmagan.

Shunday bo‘lsa-da, buning uchun javobgarlik amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda saqlanib qolmoqda. Unga ko‘ra, jamoat joyida diniy libosda yurganlar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

Biroq, dekabr oyida Adliya vazirligi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasini muhokamaga qo‘yganida bu mavzu yana bahslarga sabab bo‘lgandi.

“Davlat tashkilotlarida barcha xodimlarga ish joyida bir xilda ularning siyosiy va mafkuraviy qarashlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvchi liboslarda bo‘lish yoki belgilarni taqib yurish taqiqlanadi”, deya yozilgan loyihada.

Mavzuga oid