O‘zbekiston | 10:06 / 22.01.2022
1975
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 2021 yilda 50 ta avtobekat qurilgan

Navoiy viloyatida 2021 yilda 50 ta yangi avtobekat qurilgan va viloyatdagi avtobekatlar soni qariyb 500 taga yetgan. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra viloyatda jami 91 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud. Ularning 7 tasi yangi ochilgan hamda 6 ta avtobus va 18 ta Damas mashinalari joylashtirilgan. 2021 yilda viloyatda yuk aylanmasi 1 320,6 mln.tn/km, yo‘lovchi tashish aylanmasi esa 14 444,4 mln.yo‘lovchi/km.ni tashkil etgan.

Shuningdek, 2021 yilda boshqarma tomonidan noqonuniy yo‘lovchi tashish holatlarini aniqlash bo‘yicha qariyb 600 marotaba reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Ularda 1 814 ta litsenziyasiz yo‘lovchi tashish holatlari aniqlangan. 

Matbuot anjumanida boshqarma rahbariyati tomonidan Navoiy shahridagi yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq muammolarga ham javob qaytarildi. Xususan, viloyat markazida Damas mashinalaridan bosqichma-bosqich voz kechilib, ularning o‘rniga mikroavtobus va avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Mavzuga oid