Toshkent aeroporti tuman sababli samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi
Tuman sababli Toshkent aeroportining faoliyati cheklandi.
Toshkent xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati xabar berishicha, bunga quyuq tuman tushib, ko‘rish masofasi 300 metrgacha qisqargani sabab bo‘lmoqda.
Xuddi shu sabab bilan Nukus — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan HY16 reysi Navoiydagi zaxira aeroportiga yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga, beshta samolyot ekipajlari uchishga qaror qilgan. Toshkentdan quyidagi reyslar amalga oshirildi:
- HY 303 — Toshkent — Tel-Aviv;
- KC 128d — Toshkent — Olmaota;
- HY 3601 — Toshkent — Moskva;
- HY 3631 — Toshkent — Sankt-Peterburg;
- HY 9687 — Toshkent — Krasnodar.
25 yanvar kuni davomida ham O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi kabi Toshkentdagi aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi. Bunga Markaziy Osiyo energotizimidagi ommaviy uzilish sabab bo‘lgandi. Elektr ta’minoti tiklanishi bilan Toshkent, Andijon, Samarqand va Nukus aeroportlari yana ish boshlagandi.
Mavzuga oid
14:07 / 09.09.2024
9 sentabrda mahalliy aviareyslarning ayrimlari xalqaro terminalda amalga oshiriladi
18:28 / 10.05.2024
Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi
14:46 / 18.03.2024
Toshkent viloyatida tumanlar eksportbop ekin yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
15:07 / 09.03.2024