Jahon | 19:41 / 01.02.2022
8698
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan buyon rossiyalik milliarderlarning boyligi 18 mlrd dollarga kamaydi

O‘tgan bir oy davomida 25 nafar milliarderdan 23 nafarining boyligi kamaygan.

Foto: Donat Sorokin/TASS

2022 yil boshidan buyon 25 nafar eng badavlat rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 18 mlrd dollardan ortiqroqqa kamaydi.

Yanvar oyi davomida 25 nafar milliarderdan 23 nafarining boyligi kamaygan. Ular orasida «NOVATEK» va «Sibur» direktorlar kengashi a’zosi Gennadiy Timchenko (-2,53 mlrd), «Severstal» direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov (-1,67 mlrd), «NOVATEK» boshqaruvi raisi Leonid Mixelson (1,65 mlrd) bor.

Ikki nafar tadbirkor — «Yevroxim» direktorlar kengashi a’zosi Andrey Melnichenko, Yevropa yahudiylar kongressi prezidenti Vyacheslav Kantorning boyligi mos ravishda 408 mln va 60 mln dollarga ko‘paygan.

Avvalroq Forbes 2021 yil oxirida 104 nafar rossiyalik milliarderdan 29 nafarining boyligi kamayganini yozgandi.

Mavzuga oid