O‘zbekiston | 12:48 / 09.02.2022
3259
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda «metan zapravka» qariyb 500 million so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

«Metan zapravka» tabiiy gaz tarmog‘iga gaz hisoblagich uskunasini aylanib o‘tish orqali ulangan va davlat hamda jamiyat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda Qiziriq tumanida joylashgan “Q.M.” MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi tabiiy gaz tarmog‘iga gaz hisoblagich uskunasini aylanib o‘tish orqali ulangani aniqlangan.

Dastlabki hisoblarga ko‘ra, shoxobcha davlat va jamiyat manfaatlariga 448,4 million so‘m zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid