Sport | 21:42 / 18.02.2022
21474
2 daqiqa o‘qiladi

Eldor Shomurodov koronavirus yuqtirib oldi

Rimning «Roma» klubi jamoada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat avj olganini rasman e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 4 nafar asosiy tarkib futbolchilarining koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergan. Klub ushbu o‘yinchilarni nomma-nom sanamaslikka qaror qildi. Qayd etilishicha, futbolchilarda kasallikning yengil alomatlari sezilgan. Ular o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazildi.

Avvalroq, Italiya nashrlari rimliklar safidagi Eldor Shomurodov va Genrix Mxitaryan COVID-19 infeksiya yuqtirgani haqida xabar bergandi. Yana ikki futbolchidan biri ispaniyalik Karles Peres ekani aytilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibda yo‘qotishlar yuzaga kelgani, 9 nafar futbolchi turli sabablar bilan shanba kungi «Verona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, «Roma» - «Verona» uchrashuvi ertaga, 19 fevral shanba kuni soat 22:00da boshlanadi. Rimliklar turnir jadvalida 40 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Eldor Shomurodov A Seriya joriy mavsumida 19 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

Mavzuga oid