O‘zbekiston | 17:43 / 21.02.2022
17034
2 daqiqa o‘qiladi

Nozima Davletova Mass-media fondi direktori lavozimiga tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining direktori o‘zgardi. Bu haqda fond xabarida aytilgan.

Foto: Milliy mass-media fondi

Qayd etilishicha, Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimida ish boshladi.

Mass-media fondi vasiylik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida fond direktori lavozimiga Nozima Davletovaning nomzodi tasdiqlangan.

N.Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega, gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lib ishlagan.

2021 yilning fevral oyida avval AOKAda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlangandi.

Undan oldin, 2020 yilning iyul oyida sobiq tennischi Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining yangi direktori sifatida ish boshlagandi.

Ma’lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish hisoblanadi.

Mavzuga oid