O‘zbekiston | 09:00 / 25.02.2022
14742
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Fransiyaning Toshkentdagi arzon narxdagi Bi1 do‘konlar tarmog‘i mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Foto: bi1

Fransiyaning xalqaro Schiever kompaniyasi poytaxtimizdagi faoliyatini yanada kenagaytirib bormoqda: Chilonzor tumanida Bi1 do‘konlar tarmog‘ining yana bir filiali ishga tushdi. Shu munosabat bilan Bi1 brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hamkorlar, jurnalistlar hamda mahalliy aholi ishtirokida rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi.

Schiever kompaniya guruhiga quyidagi brendlar kiradi: Bi1, Auchan/Ashan va Kiabi (ikkisi ham franshiza ostida), Schiever Déco, Hôli va boshqalar. Bi1 do‘konlarida kundalik ehtiyoj uchun zarur odatiy tovarlardan tashqari siz Bi1 shaxsiy savdo belgisi ostida chiqarilayotgan 13 xil yangicha mukammal o‘zbekcha brend mahsulotlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Barcha mahsulotlar o‘zimizda, O‘zbekistonda Yevropa standartlariga mos ravishda ishlab chiqarilgan bo‘lib, dunyoning yetakchi mahsulotlari ko‘rsatkichlari bilan ta’m va sifat borasida bemalol bellasha oladi. Do‘kondan siz istalgan turdagi oziq-ovqat – sut, go‘sht, un, konserva, sabzavot, attorlik buyumlari, bolalar uchun tovarlar va boshqa mahsulotlarni topa olasiz.

Bi1 do‘konlarining qisqa fursat ichida ko‘plab mijozlar ko‘nglidan joy olayotganining siri nimada? Bu savolimizga ochilish marosimi vaqtida Schiever Uzbekistan Xaridlar bo‘limi rahbari (bu vaqtga qadar 9 yil Rossiyadagi «Ashan»da O‘SB (o‘z savdo belgisi) Xaridlar bo‘limini boshqargan) Olga Kondrateva javob berdi:

“Bi1 do‘konlari juda kamtarona va minimalistik ko‘rinishga ega. Shu sababli, har bir do‘kon qulayroq ko‘rinadi, bu odamlarni narsalar sotib olishdan chalg‘itmaydi, tanlash osonroq bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda SCHIEVER kompaniyasi 850 turdagi mahsulotlar va 13 xil shaxsiy tovar belgisini ishlab chiqdik. Buning uchun O‘zbekistondagi 700ga yaqin ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, ularning orasida 110 ta kompaniya bilan shartnoma imzoladik”.

 

Milliy brendlar Yevropa sifati bilan uyg‘unlikda

Bi1 yana bir asosiy ajralib turuvchi jihati – har bir mahsulot faqat o‘zimizda, O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu esa Schiver kompaniyasi faoliyatining asosiy ustuvorligidir. Shaxsiy brendlar ostida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sifat nazoratining uch bosqichidan o‘tadi: degustatsiya, laboratoriya tadqiqotlari, ishlab chiqarish auditlari.

Barcha mahsulotlar Yevropa standartlariga mos ravishda ishlab chiqarilgan bo‘lib, dunyoning yetakchi mahsulotlari ko‘rsatkichlari bilan ta’m va sifat borasida bemalol bellasha oladi. Do‘konda siz Bi1’ning shaxsiy savdo belgisi ostidagi istalgan turdagi oziq-ovqat – sut, go‘sht, un, konserva, sabzavot, attorlik buyumlari, bolalar uchun tovarlar va boshqa mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Arzon, qulay, yoqimli xarid

SCHIEVER mijozlarga mahsulotlarni arzon narxlarda taklif etadi. Kompaniya joriy yil yakuniga qadar tarmoqlar sonini ko‘paytirib, poytaxtning boshqa hududlarida ham Bi1 do‘konlarini ochishni rejalashtirgan. Eng muhimi, do‘konlar uyingizga yaqin hududda joylashadi va siz bir zumda shinam do‘kondagi keng assortimentlar orasidan o‘zingizga zarur mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Biz bilan hamkor bo‘l!

SCHIEVER mana shunday shior bilan O‘zbekistondagi katta va kichik ishlab chiqaruvchilarni ishonchli hamkorlikka chorlaydi. Bundan mahalliy kompaniyalar ham manfaatdordir. Sababi, ular uchun shaxsiy savdo brendlarini yaratish imkoni beriladi — mahsulotni reklama qilish xarajatlari tannarxdan chiqarib tashlangani sababli tovarlar arzonroq sotiladi. Shuningdek, Bi1 bilan hamkorlik orqali ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni xorijga ham eksport qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Hasan Majidov, 40 ortiq turdagi quruq mevalar, yong‘oq, asal mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi VITA BOOM kompaniyasi moliyaviy rahbari:

“Biz hozirgi kunga qadar O‘zbekistondagi 3 ta eng katta supermarketlar tarmog‘i bilan ishlab kelamiz. Bi1 bilan hamkorlik bizga, avvalo, xalqaro tajribadir. Shu bilan birga, bu o‘ziga yarasha katta mas’uliyatdir. Kompaniya Yevropa standartlariga yondoshish talab etadi. Biz har bir mahsulot o‘ramining sifati, o‘lchamlariga qattiq e’tibor qaratamiz. Bundan tashqari, Bi1 bilan biz O‘SB tamoyili bo‘yicha hamkorlik qilamiz va u O‘zbekistondagi o‘z savdo belgisi (O‘SB) sohasida yetakchi kompaniyalardan biridir”.

 

Ahror Mahmudov, “Shirin-shakar” biznes fabrikasining menejyeri: “Bi1 do‘koni ta’sischilari, rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Sababi, do‘konda barcha mahsulotlar sifatli, narxlari ham anchayin arzon. Biz o‘zaro hamkorlikdan juda ham mamnunmiz. Kompaniya bilan o‘zaro kelishgan holda yangi qadoqdagi “Tanaffus” nomi ostida mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Biz tez kunlarda mahsulotlarimiz qatorida yangi keks shirinliklarini ham yetkazib berishni rejalashtirganmiz”.  

Bi1 ishlab chiqarish sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlagan holda yangi ishchi o‘rinlarini yaratishni, shuningdek, joriy yilda do‘konlar sonini yanada oshirishni maqsad qilgan. 2022 yilda tarmoq do‘konlar sonini 40, 2023 yilda esa 200gacha kengaytirishni rejalashtirgan.  

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 37A uy

Bi1 do‘konlarining manzillari: 

1. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 16-mavze, 17-uy

2. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 23-mavze, 58-uy

3. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 23-mavze, Lutfiy ko‘chasi, 42-uy

4. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 9-mavze, 14/1-uy

5. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 37A

6. Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Uvaysiy ko‘chasi, 4-uy.

Sall-markaz telefoni: (+998) 78−120−02−20

Instagram: @Bi1.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid