Jamiyat | 18:58 / 10.02.2023
25358
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Fransiyaning bi1 do‘konlar tarmog‘i O‘zbekistondagi faoliyatining birinchi yilini sarhisob qildi

Foto: bi1

bi1 do‘konlar tarmog‘ining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

bi1 do‘konlar tarmog‘i iste’molchilarga ro‘zg‘orbop do‘konlar formatini taklif qiladi. Bu yerda yuqori sifatli mahsulotlar arzon narxlarda sotiladi. O‘ziga xosligi shundaki, do‘konda taniqli brendlarga tegishli mahsulotlardan tashqari, O‘zbekistondagi shaxsiy savdo belgili mahsulotlarning eng katta assortimentini (bi1 savdo belgisi ostidagi mahsulotlar) taqdim etadi. Ayni paytda bi1 do‘konlarida eksklyuziv mahsulotlar soni deyarli 1000 ga yetdi.

2022 yilda bi1 qanday ishladi?

Fransuz do‘konlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi faoliyatida 2022 yil muvaffaqiyatli yakunlandi. Har kuni minglab poytaxt aholisi xarid uchun bi1’ni tanlaydi. Tarmoq bo‘ylab poytaxtning Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27 ta filial ish olib bormoqda. Shunday filiallardan biri endi Mirzo Ulug‘bek tumanida ham ish boshladi. Filiallar sut mahsulotlaridan tortib bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlariga qadar keng turdagi mahsulotlarni taqdim etadi. 

O‘tgan yilda fransuz do‘konlar tarmog‘i O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bi1 mahsulotlarini xorijga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi. Bunda Tojikiston eksport uchun hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan birinchi mamlakat bo‘ldi.

Bundan tashqari 2022 yilda bi1 brendi Toshkent xalqaro TAF – 2022 festivalida 3 yo‘nalishda g‘olib deb topildi. Do‘konlar tarmog‘ining olib borayotgan faoliyati:

 “Brending” nominatsiyasida tomoshabinlar tanlovi asosida - oltin;

“Yangi mahsulot yoki xizmatni ishga tushirish” nominatsiyasida tomoshabinlar va professional hakamlar tomonidan 2 ta bronza mukofotiga loyiq ko‘rildi.

MDH va Yevropaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri, Fransiyaning Auchan gipermarketlari tarmog‘ida to‘qqiz yillik tajribaga ega Olga Kondrateva O‘zbekistonda bi1 kompaniyasining eksklyuziv mahsulotlarini yaratish ustida ishlamoqda.

bi1’da ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sifat nazoratining bir necha bosqichlaridan o‘tadi: tatib ko‘rish, laboratoriya sinovlari va muntazam ishlab chiqarish auditi.

"O‘tgan yil biz uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Biz rejalashtirgan ishlarimizni amalga oshirishga ulgurdik, 27 ta do‘kon ochdik, o‘z brendimiz ostida deyarli 1000 ta mahsulotni ishlab chiqdik va sotuvga chiqardik. Shuningdek, O‘zbekiston chakana savdo bozorida birinchilardan bo‘lib shaxsiy savdo belgili mahsulotlarni xorij (Tojikiston) bozoriga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydik. Bizning do‘konlarimiz shahar aholisining xarid qilish uchun sevimli joyiga aylandi”, - deydi kompaniya bosh direktori Vinsent Pik.

Direktorning aytishicha, kompaniya 2023 yilda aholini bundan ham ko‘proq yuqori sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash uchun Toshkentda yangi savdo nuqtalarini ochishni davom ettiradi.

Sifat va narx borasida

Kompaniyaning O‘zbekistondagi hammuassislaridan biri Qahramon Olimov do‘konlar tarmog‘ini rivojlantirishdan maqsad sifat va narx uyg‘unligini ko‘rsatish hamda aholiga qulaylik yaratish ekanligi haqida gapirdi:

“Biz bu chakana savdo bozoridagi yangi yo‘nalish istiqbolida faqat rivojlanishni ko‘ryapmiz. Toshkentda 3,5 mln aholi yashaydi. Bu raqam kun sayin oshib bormoqda. Endi odamlar o‘zlari uchun eng muhim resurs – vaqtni tejashga intilishadi. Iste’molchilar uchun yuqori sifatli yangi mahsulotlarni yetkazib beradigan do‘konlar yaqin hududda bo‘lishi muhim. Bu bozorni rivojlantirish kerak, ko‘plab savdo nuqtalarini ochish kerak.

Fransiyalik hamkorlarimiz bilan katta investitsiyalar kiritish haqida kelishuvimiz bor. Bu investitsiyalar davlat rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida Samarqand, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida filiallarimizni ochishni rejalashtirganmiz”, - dedi u.

Fransiyaning Schiever Group kompaniyalar guruhi bilan birgalikda Bi1 loyihasidan tashqari, Qahramonjon Olimov uzoq vaqt davomida O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri – “Kapitalbank” OAJga rahbarlik qilgan va 2020 yilda birinchi milliy raqamli bank “Anorbank” AJga asos solgan.

U respublikadagi birinchi nodavlat sug‘urta kompaniyasi bo‘lgan “Kapital Sug‘urta” AJning asosiy aksiyadori hisoblanadi.

Qahramonjon Olimov - korporativ ijtimoiy mas’uliyat tarafdori va mexribonlik uylari uchun bir qancha xayriya tadbirlari tashkilotchisi hisoblanadi.

Tarmoqda yangi loyihalar yo‘lga qo‘yiladi

Kompaniya 2023 yilda ham do‘konlar sonini ko‘paytirish va mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash, yangi hududlarda filiallar ochishni mo‘ljallagan. Aholining arzon va sifatli mahsulotlarni yaqin joydan xarid qilishini qulaylashtirish orqali har bir xonadonga kirib borish mumkin. Shuningdek, joriy yilda do‘kondan mahsulotlarni 1 soat ichida yetkazib berish bo‘yicha elektron loyiha ishga tushiriladi. Mahsulotlar sonini ko‘paytirish ustida tinimsiz izlanish olib boriladi.

Ma’lumot o‘rnida: Fransiyaning bi1 do‘konlar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan Schiever kompaniyasi tashkil etilganiga 150 yildan oshdi. Hozir kompaniya tarkibidagi do‘konlar Fransiya, Polsha, Tojikiston va O‘zbekistonda faoliyat yuritadi. Uning qamrovida bi1’dan tashqari Auchan (Ashan), Kiabi, Schiever Déco, Hôli kabi do‘konlar tarmoqlari mavjud.

Instagram: https://www.instagram.com/bi1.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/bi1.uz

Telegram kanal: https://t.me/bi1_uzbekistan

Manzil: https://t.me/bi1_locations

Call-markaz : 78 120 02 20

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid