«Nasaf» va «Paxtakor»ning Superkubok finali oldidan o‘tkazgan rasmiy mashg‘ulotidan fotoreportaj
Bugun, 27 fevral sanasida O‘zbekiston Superkubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Superligasining amaldagi g‘olibi «Paxtakor» mamlakat kubogi sohibi «Nasaf»ga qarshi bahs olib boradi. O‘zbek futbolining so‘nggi yillardagi eng prinsipial raqiblari qarama-qarshiligigia bu gal Yaypandagi «O‘zbekiston» stadioni mezbonlik qiladi.
Kecha, 26 fevral sanasida har ikki jamoa ushbu maydonda o‘yinoldi raqmiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi. «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev mashg‘ulotlarni darhol jismoniy mashqlar va to‘p bilan ishlash bilan boshlagan bo‘lsa, «Paxtakor»ning shimoliy makedoniyalik murabbiyi - Slavche Voynetski jurnalistlarga atalgan 15 daqiqani asosan futbolchilar bilan gaplashish va ularni maydon bo‘ylab yugurtirishga sarfladi.
Shundan so‘ng, har ikki jamoa bosh murabbiylari va yetakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan fotogalereyani e’tiboringizga havola etamiz.
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:16 / 02.10.2024