Irkutskka uchgan yo‘lovchilardan 61 nafarining bagaji Samarqand aeroportida qoldirib ketildi
Samolyotda uchish vazni chegaralangani bunga sabab bo‘lgan.
«O‘zaviatsiya» agentligining xabar berishicha, 2022 yil 28 fevral kuni “IrAero” aviakompaniyasi tomonidan Samarqand – Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha Sukhoi Superjet 100 samolyoti bilan IAYe598 raqamli charter parvozi amalga oshirilgan.
Aniqlanishicha, Samarqand aeroportidan jo‘nab ketishdan oldin, samolyot ekipaji tomonidan marshrutdagi shamolning tezligi va yo‘nalishini hisobga olgan holda yetarlicha yonilg‘i quyish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Shu sababli ekipaj a’zolari Samarqand aeroportidan jami 90 nafar yo‘lovchi va 423 kg yuk bilan uchib ketishgan. Ushbu samolyotda o‘sha kuni uchish vazni chegaralangani sababli 61 nafar yo‘lovchining bagaji Samarqand aeroportida bortga ortilmagan.
“IrAero” aviakompaniyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning qolib ketgan bagajlarini “Sibir” aviakompaniyasining 2022 yil 2 martiga rejalashtirilgan Samarqand-Irkutsk yo‘nalishidagi charter parvozi bilan yetkazilishiga kelishilgan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
16:28 / 01.11.2024