Iqtisodiyot | 11:32 / 04.03.2022
17259
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi ilk marta 10 955 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 4 mart, juma kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 890 so‘mga sotib olishni, 10 955 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord 22 fevral kuni o‘rnatilgan edi — 1 AQSh dollarining kursi 10 945 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • «Davrbank»: sotib olish — 10 870 so‘m, sotish — 10 955 so‘m.
  • «Savdogar bank»: sotib olish — 10 895 so‘m, sotish — 10 955 so‘m;
  • «Aloqa bank»: sotib olish — 10 880 so‘m, sotish — 10 950 so‘m;
  • «Turonbank»: sotib olish — 10 875 so‘m, sotish — 10 945 so‘m;
  • «Mikrokredit bank»: sotib olish — 10 890 so‘m, sotish — 10 955 so‘m;
  • «Kapitalbank»: sotib olish — 10 890 so‘m, sotish — 10 950 so‘m.

Markaziy bank 4 martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,42 so‘mga ko‘tarilib, 10 900,25 so‘mni tashkil qildi.

Mavzuga oid