Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon eng yirik koronavirus tarqalishi holati qayd etildi
11 mart kuni mamlakatda ikki yildan beri ilk bor 1100dan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan.
Xitoy Uhanda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon eng yirik koronavirus tarqalishiga duch keldi, deb xabar berdi Financial Times.
Xabarda aytilishicha, 11 mart kuni mamlakatda ikki yildan beri ilk bor 1100dan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan. Bir hafta oldin mamlakatda kuniga 300dan kamroq holat aniqlanayotgandi.
Chanchun shahrida 23ta holat qayd etilgan. Aholisi 9 mln kishidan iborat shahar to‘liq karantinga olingan.
Hukumat shahar aholisini uylaridan chiqmaslikka chaqirgan va 1200 o‘ringa mo‘ljallangan uchta shifoxona qurilishini boshlagan.
Shanhayda bir sutkada 75ta yangi holat aniqlangan. Maktab va bog‘chalar yopib qo‘yilgan. Aviakompaniyalardan xalqaro reyslarni boshqa shaharlarga yo‘naltirish so‘ralgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon Xitoyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 112 ming 900dan ortiq holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:53
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
22:18 / 11.11.2024