Jamiyat | 08:45 / 13.03.2022
11820
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qalbaki 5 ming dollarni muomalaga kiritayotgan shaxslar ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent shahri Uchtepa tumanida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.Q. va D.T. qalbaki kupyuralarni o‘tkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid