Bosfor bo‘g‘ozida minaga o‘xshash jism topilgani xabar qilindi
Turkiya suvosti mudofaa guruhi jismni zararsizlantirish choralarini ko‘rgan.
Bosfor bo‘g‘ozida minaga o‘xshash jism topilgani sababli kemalar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi, deb xabar berdi “Onado‘lu” agentligi.
NTV telekanalining aniqlik kiritishicha, jism Sariyer-Turkeli langargohida topilgan.
«26 mart kuni Bosfor bo‘g‘ozida tijorat kemasi tomonidan minaga o‘xshash jism topilganidan so‘ng suvosti mudofaa guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi», — deb ma’lum qildi Turkiya mudofaa vazirligi.
Xabar qilinishicha, suvosti mudofaa guruhi jismni zararsizlantirish choralarini ko‘rgan.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, Bosfor bo‘g‘ozi kemalar harakati uchun qayta ochilgan.
Bosfor bo‘g‘ozi Qora dengizni O‘rtayer dengizi bilan bog‘laydi.
Mavzuga oid
13:55 / 30.07.2024
Litva o‘z hududida minalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
15:34 / 12.01.2024
Turkiya, Bolgariya va Ruminiya birgalikda Qora dengizni minalardan tozalaydi
14:30 / 15.11.2023
2022 yilda Ukrainada mina qurbonlari soni 10 barobar oshdi
09:49 / 28.04.2023