O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i bilan 2022/2023 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari belgilandi.
Gumanitar sohada maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish bali 80 dan 105 ballgacha belgilangan bo‘lsa, ijtimoiy soha, iqtisod va huquqda - 105 dan 140 ballgacha. Ishlab chiqarish-texnik soha - 75 dan 94 ballgacha, qishloq va suv xo‘jaligida - 70 dan 80 ballgacha, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot - 94 dan 129,2 ballgacha, xizmatlar sohasi - 70 dan 94 ballgacha.
Mavzuga oid
12:52 / 07.11.2024
O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
10:44 / 28.09.2024