Jahon | 15:22 / 14.04.2022
6634
1 daqiqa o‘qiladi

MasterCard ilk kriptovaluta kartasini chiqardi

Mazkur karta foydalanuvchining kriptovaluta aktivlarini sarflamasdan, ulardan to‘lov ta’minoti sifatida foydalanib to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. 

Foto: Reuters

MasterCard to‘lov tizimi va Nexo kriptovaluta platformasi ilk MasterCard kriptovaluta kartasi chiqarilganini e’lon qildi.

Nexo Card deb nomlanuvchi mazkur karta foydalanuvchining kriptovaluta aktivlarini sarflamasdan, ulardan to‘lov ta’minoti sifatida foydalanib to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

Foydalanuvchi ushbu karta orqali har safar to‘lovni amalga oshirganida kriptovalutada 2 foizgacha keshbek olishi mumkin.

Loyihada MasterCard va Nexo bilan birgalikda DiPocket korporativ elektron to‘lovlar operatori ham ishtirok etmoqda.

MasterCard anchadan buyon raqamli valutalarga qiziqish bildirib kelmoqda. Kompaniya 2018 yilda tranzaksiyalarni bank kartalari yordamida kriptovalutada amalga oshirish uchun patent olgandi.

Mavzuga oid