O‘zbekiston | 16:02 / 18.04.2022
7132
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi

Hodisa oqibatida Cobalt mashinasining old va salon qismi yonib zararlangan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 18 aprel kuni soat taxminan 07:35 larda A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi xududidan o‘tgan 4-kilometrida yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Fuqaro O.S. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt  yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan Oqoltin tumani FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va tez fursatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan. Faqat Cobalt mashinasining old kapot va salon qismi yonib zararlangan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan FVB hamda IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyati Zafarobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda Nexia-2 mashinasi va bir nafar fuqaro yonib ketgandi.

Shuningdek, 2022 yil 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketgandi. Bundan tashqari, 2022 yil 3 aprel kuni Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketgandi.

Mavzuga oid