Jamiyat | 13:41 / 20.04.2022
2472
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2022 yil 19 aprel kuni soat 09:00 larda Andijon viloyati, Andijon tumani, «Qo‘shariq» MFY hududidan o‘tuvchi 4P-116 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha haydovchilar:

1) 2002 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi Lacetti rusumli;

2) 1993 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi yana bir Lacetti rusumli;

3) 1999 yilda tug‘ilgan Sh.E. boshqaruvidagi Damas rusumli;

4) 1987 yilda tug‘ilgan Z.T. boshqaruvidagi Tico rusumli;

5) 1986 yilda tug‘ilgan F.Sh. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, Damas avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Andijonda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida 1 yoshli bola vafot etgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid