Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovni hayit bayrami bilan tabriklab, sovg‘a yubordi (video)
Ramazon hayiti bayrami arafasida Chechenistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi Ramzan Qodirovga prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan tabrik va «Poi Kalon ansambli»ning oltin va kumushdan yasalgan 3D suratini topshirdi.
O‘zbekiston vakillari Ramzan Qodirovga prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tabriknomani o‘qib bergan hamda sovg‘a sifatida Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, shuningdek Mir-Arab madrasalaridan iborat – «Poi Kalon ansambli»ning oltin va kumushdan yasalgan 3D suratini topshirgan.
«Bu yerda musulmon olamining ko‘zga ko‘ringa ulamolari ta’lim olgan, xususan, Ahmad Hoji Qodirov ham. Qadrli otam Buxoroda o‘qigan davrlarini doim yaxshi so‘zlar bilan eslagan, u yerdagi samimiy va mehribon aholi haqida gapirgan,» – deb yozadi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Qodirovning Telegram-kanalida e’lon qilingan videoda 3D suratning o‘lchamlari hamda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tabriknoma ham mavjud.
Ramzan Qodirov prezident Shavkat Mirziyoyevga ham minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston xalqini kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklagan.
«Men Shavkat Miromonovichdan nafaqat tabrik uchun, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy va madaniy sohalardagi o‘zaro samarali hamkorlik uchun ham minnatdorman. Shubhasiz, Shavkat Miromonovich o‘z davlati va xalqi uchun ko‘p narsalar qilmoqda, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyasini mustahkamlamoqda. Ishonchim komilki, O‘zbekiston xalqiga shunday oliyjanob prezidenti borligi, Shavkat Miromonovich uchun esa shunday ajoyib xalqning rahbari bo‘lish baxti nasib qilgan,» – deydi Checheniston rahbari.
Mavzuga oid
19:49 / 28.09.2023
Qodirov atrofida yangi mojaro: uning o‘g‘li Qur’onni yoqqan rossiyalikni tergov qamoqxonasida kaltaklagan
16:14 / 28.09.2023
Ramzan Qodirov Kremlda Putin bilan uchrashdi
09:18 / 19.09.2023
Peskov Qodirovning salomatligi masalasiga oydinlik kiritmadi
07:41 / 18.09.2023