O‘zbekiston | 18:55 / 10.05.2022
13345
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Saljuqiylar davriga tegishli oltin dinor topildi

Mutaxassislar oltin dinorning old tomoniga «Alloh» va «Muhammad» so‘zlari yozilganini, orqa tomonidagi yozuv deyarli o‘chib ketganini aniqlashgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev o‘ziga tegishli bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan sariq metall parchasini topib olgan va bu haqda Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Mutaxassislardan iborat guruh topilma aniqlangan joyda dastlabki ish jarayonini olib borib, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalarini topgan.

U.Eraliyev qimmatbaho topilmani Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan. Unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berilgan. Muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Mutaxassislar oltin dinorning old tomoniga «Alloh» va «Muhammad» so‘zlari yozilganini, orqa tomonidagi yozuv deyarli o‘chib ketganini aniqlashgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil etgan.

Avvalroq Surxondaryoda Mirzo Ulug‘bek davriga oid xazina topilgandi.

Mavzuga oid