O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
2022 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» 35,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu rekord ko‘rsatkichdir.
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2022 yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 35,1 mlrd dollar bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 790 mln dollarga oshganini ko‘rsatmoqda.
Aprel oyi davomida oltinning fizik hajmi 10,9 mln troya unsiyadan 11,1 mln troya unsiyaga (taxminan 6,2 tonna), qiymati esa 20,8 mlrd dollardan 21,3 mlrd dollarga oshgan.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari ham 13,1 mlrd dollardan 13,5 mlrd dollarga ko‘paygan.
«O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan beri 761,6 mln dollarga yoki 2,2 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1915,45 dollargacha o‘sishining ta’siri 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi», deyiladi Markaziy bank izohida.
Zaxiralar mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» ham hisoblanadi – ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur. Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.
Mavzuga oid
11:25 / 09.12.2022
Yil boshidan beri O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1,7 mlrd dollarga kamaydi
14:27 / 22.08.2022
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga kamaydi
10:36 / 20.07.2022
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi
16:17 / 20.06.2022