Tixanovskaya g‘arbni Ukraina va Belarusni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birlashishga chaqirdi
Ukrainaning Rossiya boshlagan urushda g‘alaba qozonishi barcha xalqlar, shu jumladan Belarus xalqi uchun ham zarur, dedi Litva parlamentida nutq so‘zlagan Svetlana Tixanovskaya.
Ukrainada davom etayotgan urush fonida Belarus muxolifati yetakchilaridan biri Svetlana Tixanovskaya g‘arbni Rossiya hujumi ostida qolgan mamlakat va Belarusni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birdamlik ko‘rsatishga chaqirdi.
«G‘arbning Ukraina va Belarusni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi birdamligi biz uchun juda muhim. Bugungi kunda diktatorlar bu birlikni buzishga, Qo‘shma Shtatlar va YeI, shuningdek, YeIga a’zo bo‘lgan alohida davlatlar o‘rtasida ixtilof chiqarishga harakat qilmoqda», dedi u 24 may, seshanba kuni Vilnyusdagi Litva parlamentida so‘zlagan nutqida.
Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiya boshlagan urushda g‘alaba qozonishi barcha xalqlar, jumladan, uning xalqi uchun ham zarur. «Erkin Ukrainasiz erkin Belarus bo‘lmaydi, erkin Belarussiz esa xavfsiz Ukraina ham, xavfsiz Yevropa ham bo‘lmaydi», deb ta’kidladi siyosatchi.
Shu bilan birga, u Litvaga Belarusdagi demokratik harakatni mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenkoga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tixanovskayani Minskda Ryanair samolyoti majburiy qo‘nganidan bir yil o‘tib, Litva parlamentida nutq so‘zlash uchun taklif qilishdi. Ryanair layneri bortida muxolif Nexta Telegram-kanalining sobiq muharriri Roman Protasevich va uning tanishi Sofiya Sapega bo‘lgan.
6 may kuni Sofiya Sapega Belarusda ijtimoiy nafrat qo‘zg‘ash va shaxsiy hayot haqidagi ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish va tarqatishda aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Belarus huquq faollari Sapegani siyosiy mahbus sifatida tan oldi.
Protasevichning o‘zi Belarus Jinoyat kodeksining qaysi moddalarini buzganlikda ayblanayotgani aniq ma’lum emas.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024