Iqtisodiyot | 16:14 / 27.05.2022
28021
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar va rubl kursi pasayishda davom etdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi marta tushdi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,10 so‘mga pastlab, 11 034, 15 so‘mni tashkil qildi. Yevro 8,58 so‘mga tushib, 11 824,20 so‘m bo‘ldi.

26 may kuni dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pastlab, 11 045, 25 so‘mni tashkil qilgandi.

O‘z navbatida rubl 11,78 so‘mga tushib, 164,87 so‘m bo‘ldi. Bu Rossiya valutasi ketma-ket ikkinchi kun pasayishidir - 26 may kuni rubl 20,82 so‘mga arzonlashgandi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda bungacha rubl kursi muttasil mustahkamlanib kelayotgandi. Oxirgi marta jiddiy qulash 9 mart kuni kuzatilgan (-19,21), bundan ko‘proq qulash 1 martga to‘g‘ri keladi (-21,46).

Mavzuga oid