Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti e’lon qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Uslubiyot davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha talablarni belgilab beradi hamda tashkilot tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Davlat tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
davlat tashkiloti faoliyatini har tomonlama tahlil qilish yo‘li bilan korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p duch keladigan davlat tashkiloti xodimlarining funksiyalari va lavozimlarini belgilash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha samarali profilaktika choralarini ishlab chiqish.
Davlat tashkilotidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash quyidagilar ishlab chiqilishini nazarda tutadi:
korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur.
Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash har yili bir marotaba quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash zaruriyati kelib chiqqanda;
davlat tashkiloti faoliyatiga doir qonun hujjatlari talablari o‘zgarganda;
funksiya va tartib-taomillarni amalga oshirishga jiddiy ta’sir qiladigan tarzda davlat tashkiloti ichki hujjatlari o‘zgarganda;
davlat tashkiloti tashkiliy tuzilmasida, xavf-xatar mavjud funksiyalarning xususiyatlari o‘zgarganda yoki yangi funksiyalar joriy etilganda.
Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash muntazam ravishda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan sohalarda quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
davlat tashkiloti xodimi tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilganda;
kalendar yilining har choraklik davrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘p miqdorda shikoyatlar chorak davomida eng ko‘p kelib tushganda.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash davlat tashkilotida tarkibiy bo‘linma rahbarlaridan tashkil etiladigan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tashkilotining tarkibida tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘lgan taqdirda, ularning har birida alohida ishchi guruhlar tuziladi va ularning faoliyati maxsus bo‘linma tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Davlat tashkilotlari uslubiyotga hamda xalqaro standartlarga asosan o‘z vazifa va funksiyalarini ularni amalga oshirishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirish yuzasidan ichki hujjatlarini ishlab chiqishi va ularni zaruratga ko‘ra muntazam ravishda yangilab borishi mumkin.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024